Bugun, kunning birinchi yarmida “Meteoinfokom» DMda 2023 yilda korxonada Jamoa shartnomasi bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada tomonlar Ish beruvchi vakili – F.Boltabayev hamda tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Miraxmedovalar hisobotlari tinglandi. Hisobotlar bo‘yicha savol-javob va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Jamoa shartnomasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar kasaba uyushma aʼzolari tomonidan bir ovozdan “qoniqarli” deya baholandi. Shundan so‘ng, Respublika Kengashidan taklif etilgan vakil M.Gaybullayeva xodimlar, ish beruvchiga, KUQga o‘z minnatdorchiligini bildirib, M.Miraxmedovaga kelgusidagi konferensiyalarga yana-da puxta tayyorgarlik ko‘rishi haqida o‘z tavsiyalarini berdi. Mehnat jamoasiga esa mehnat kodeksida nazarda tutilgan ayrim imtiyoz va yangi normalar, ish beruvchining majburiyatlari haqida qisqacha maʼruza qildi. Ishtirokchilar hisobot konferensiyasini mamnuniyat bilan qabul qilishdi.
“Meteinfocom” davlat muassasasida 2023 yilda jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobot berildi