23.03.2024. Joriy yilning 19 mart kuni “Ketring” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2023 yilda MCHJ Jamoa shartnomasi bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi va kasaba uyushma konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada ish beruvchi va uning vakillari, direktor o‘rinbosarlari, jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi faollari, mehnat jamoasi jamlanishdi. Shuningdek, Respublika Kengashidan bosh yuriskonsult M.Gaybullayeva ishtirok etdi. Mehnat jamoasi konferensiyasida MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ruzmetova Zarina Jasurovna hamda jamiyat direktori Madjitov Alisher Abduraxmanovich jamoa shartnomasini 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha hisobot berdilar. Shuningdek, mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot tinglandi. Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari tomonidan MCHJ ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasini jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi. Konferensiyada mehnat jamoasi tashkilotda xodimlarning ishchanlik koeffitsiyentini oshirishga qaratilgan turli takliflar bilan chiqib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishini iltimos qilishdi. Konferensiya so‘ngida RK vakili M.Gaybullayeva barcha mehnatkashlarni bahor ayyomi bilan tabriklab, kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonch, eʼtibor yuksalayotganligini, “Ketring” MCHJ aviatsiya tarmog‘idagi kasaba uyushmalari tarkibida namunali ekanligiga urg‘u berdi. Shuningdek, konferensiya yuqori saviyada o‘tganligini taʼkidlab o‘tdi.
Yakunda 2024-yilda jamoa shartnomasi bandlarini yana-da mukammalroq bajarish, kiritilgan shartlarni to‘kis ado etishga ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan eʼtibor kuchaytirilishi lozimligi kelishib olindi.