29.03.2024. Joriy yilning 29 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 2023 yilda Jamoa shartnomasi bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi va kasaba uyushma qo‘mitasining konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada aeroport ma’muriyati, direktor J.Pulatov, uning o‘rinbosarlari, aeroport kasaba uyushma qo‘mitasi raisi U.Babaxanov, kasaba uyushma faollari va mehnat jamoasi ishtirok etdi. Shuningdek, Respublika Kengashidan bosh yuriskonsult M.Gaybullayeva ishtirok etdi. Mehnat jamoasi konferensiyasida aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ulugbek Muxiddinovich Babaxanov raisligida reglamentga asosan kun tartibidagi masalalar birin-ketin ko‘rib chiqildi, jumladan, har ikki tomon ham jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berdilar. Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari tomonidan jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati bir ovozdan “qoniqarli” deb baholandi. Konferensiyada mehnat jamoasi tashkilotda xodimlarning ishchanlik koeffitsiyentini oshirishga qaratilgan turli qiziqarli va dolzarb talab va takliflar bilan chiqishdi, vakillar esa o‘rnatilgan tartibda hal qilinishini bildirishdi. Yig‘ilish so‘ngida, M.Gaybullayeva xodimlarga Mehnat kodeksiga kiritilgan imtiyozlar haqida qisqacha maʼruza qilib, aeroport kasaba uyushma qo‘mitasiga xodimlar uchun manfaatli takliflarni bildirdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jamoa shartnomasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi