18.03.2024. Joriy yilning 16-mart sanasida “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJda hayriya hashari aeroport maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasining qoʻshma chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi. Mazkur rejaga asosan, aeroport ishchilari va kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari o‘z bo‘limlariga qarashli hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, idora binolarini tozalash, daraxtlarni oqlash, gul va manzarali butalar ekishda ishtirok etdi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi kiritilgan komissiya aeroportning barcha bo‘limlarida hashar vaqtida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qildi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Toshkent aeroportining ishlamaydigan ehtiyojmand pensionerlari uchun “Korzinka” supermarketiga har biri 300 000 so‘mdan 10 dona sovg‘a sertifikati xarid qilindi.
“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJda umumxalq hayriya hashari o‘tkazildi