25. 07.2024. Joriy yilning 24-iyun sanasida “HUMO AIR” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mehnat jamoasi va kasaba uyushmalarining konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.
Mehnat konferensiyasi kun tartibida jamiyatning 2023 yilga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi ijrosi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan “HUMO AIR” MCHJ bosh direktori o‘rinbosari B.S.Ro‘zmetov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.M.Muxamedov ma’ruza qildi. Ma’ruzachilarning ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-yilda amalga oshirgan ishlarini aks ettiruvchi mazmunli ma’ruzalari xodimlar tomonidan qoniqarli baholanibgina qolmay, “HUMO AIR” MChJdagi ijtimoiy sheriklik samarasi yana bir bor e’tirof etildi.
Kasaba uyushmasi konferensiyasida “HUMO AIR” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.M.Muxamedov ma’ruza qildi. Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
Kasaba uyushmasi konferensiyasida tashkiliy masalalar: kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari va taftish komissiyasi a’zolarini saylash masalalari ko‘rib chiqildi. A.F. Tursunova, M.S. Muxamedova, B.U. Janiev, A.E. Abdugʻofurov lar bir ovozdan kasaba uyushma qoʻmitasi aʼzolari va Z.R. Matirzaeva, U.X. G‘ulomov, D.F. Xalilovalar taftish komissiyasi a’zolari etib saylandi.
Muhokama davomida mehnatkashlar tomonidan birdamlik jamg‘armasidan beriladigan imtiyozlar, sog‘lomlashtirish, sanator-kurort yo‘llanmalari va boshqa masalalar ko‘tarildi.
Umuman olganda, konferensiyalar ishlari konstruktiv ruhda o‘tdi, “HUMO AIR” MChJ bosh direktori o‘rinbosari B.S. Ro‘zmetov va O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari A.M. Abduvaliev konferensiya delegatlarining savollariga javob berishdi.