2024-yil 27-iyun kuni “Buxoro xаlqаrо aeroporti” MCHJda mehnat jamoasi va kasaba uyushmasi konferensiyalari bo’lib o’tdi. Konferensiyada 2023-yilda Jamoa shartnomasi bajarilishi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Respublika Kengashidan mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Umarov G‘ayrat Xalikulovich ishtirok etdi. Mehnat jamoasi konferensiyasida “Buxoro xalqaro aeroporti” MChJ direktori A.N.Hayitov tomonidan hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.G.Yusupov tomonidan jamoa shartnomasini 2023-yil yakunlari bo‘yicha hisobot tinglandi. Taftish komissiyasi raisi tomonidan 2023-yil yakuni bo‘yicha bajarilgan ishlar hisoboti o‘qib eshittirildi. Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari tomonidan “Buxoro xalqaro aeroporti”MCHJda ish beruvchi va kasaba uyushma qoʼmitasi jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha 2023-yildagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
Buxoro xаlqаrо aeroportida ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasining 2023 yildagi faoliyati sarhisob qilindi