Andijon xalqaro aeroporti maʻmuriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan aeroport hududida faoliyat olib boruvchi 63373-sonli harbiy qism xodimlari ishtirokida ularni mehnatlarini munosib e’tirof etish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirni aeroport direktori A.Kenjayev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Vatan himoyachilarini mehnatlarini e’tirof etib, vatanimiz tinchligi yo`lida olib borayotgan mashaqqatli mehnatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi va minnatdorchilik bildirdi. So‘ngra aeroport kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi U.Saidov tomonidan tayyorlab qo‘yilgan esdalik sovg’alari ilg’or harbiy xizmatchilarga taqdim etildi.
Andijon xalqaro aeroportida harbiy xizmatchilar mehnati e’tirof etildi