19.10.2023. Joriy yilning 6 oktyabr kuni O`zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbussi bilan aviatsiya tizimidagi korxona va tashkilotlari hodimlari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida soʼzlagan nutqi va undan kelib chiqadigan vazifalarga bagʼishlangan o’quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Toshkent shahrida joylashgan korxona, tashkilotlarning kasab uyushma qo’mitalari raislari, hisobchilari hamda kasaba uyushma faollari oflayn tartibda va hududiy kasaba uyushmalari vakillari ZOOM videokonferentsiya aloqa tizimi orqali onlayn tartibda qatnashdilar.
O’quv seminarda maruzani O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Malaka oshirish instituti rektori, yuridik fanlari doktori I.Umaraxunov o’qib berdi.I.Umaraxunov o’z so’zida oxirgi paytlarda xalqaro munosabatlar tizimida roʼy berayotgan fundamental oʼzgarishlar, butun bashariyat taqdiriga daxldor masalalar hamda geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli investitsiya va innovatsiya sohalarida vujudga kelayotgan toʼsiqlar haqida soʼz yuritdi. Oʼz navbatida, «Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat boʼlmish Yangi Oʼzbekistonni barpo etish siyosatini qatʼiy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz «Inson qadri va manfaatlari uchun» degan ezgu gʼoya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yoʼlidan dadil ilgari bormoqda», deya taʼkidladi. Davlatimiz rahbari oʼz chiqishida yurtimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiya va huquqiy asosda «Oʼzbekiston – 2030» taraqqiyot strategiyasi qabul qilingani, soʼnggi olti yil ichida yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq koʼpayib, kambagʼallik ikki barobarga kamaygani, taʼlim tizimi tubdan oʼzgarayotgani, maktabni bitirgan har ikki oʼquvchining biri oliy oʼquv yurtida tahsil olishi uchun imkoniyat yaratilayotgani, yoshlar siyosati olib borilayotgani xususida eslatib oʼtdi. Bir asr mobaynida Oʼzbekistonda millionlab odamlar paxta terimiga majburan jalb etib kelinganini, soʼnggi yillarda esa majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga toʼliq barham berilganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, barchani diniy toqatsizlik holatlariga yoʼl qoʼymaslikka chaqirib, Oʼzbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bagʼrikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklifini kiritdi. Buyuk olimlarning boy merosini oʼrganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024 yili Oʼzbekistonda «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzusida xalqaro konferentsiya oʼtkazish tashabbusini ilgari surdi. Bundan tashqari, diyorimizda Osiyo xotin-qizlari forumini tashkil etishni taklif qildi. Orol muammosi, qurgʼoqchilikka chidamli oʼsimliklardan iborat yashil hududlar barpo etish masalasiga ham alohida toʼxtaldi.Maruza so’ngida I.Umaraxunov yurtboshimiz nutqidagi bu fikr-mulohazalar va takliflar nafaqat Oʼzbekistonning, balki boshqa davlatlarning kelajagi uchun ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Qolaversa, dunyo ahli bizni, avvalo, tilimiz, maʼnaviyatimiz, Prezidentimiz nufuzli anjumanlarda oʼzbek tilida soʼzlayotgan nutq orqali tan olmoqda. Bu yutuqlar ortida esa, mashaqqatdan tashqari, barchamiz uchun muhim boʼlgan masʼuliyat ham yotadi.
O’quv seminar soʼnggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi va fikr-mulohazalar tinglandi. Barcha ishtirokchilarga ushbu nutq bilan tanishishi, uning mazmun-mohiyati va shu asosda belgilanadigan vazifalar boʼyicha targʼibot-tashviqot ishlarini olib borishlari zarurligi ta’kidlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida soʼzlagan nutqi va undan kelib chiqadigan vazifalarga bagʼishlangan o’quv seminar tashkil etildi.