Joriy yilning 10 oktyabr sanasida aviatsiya tizimidagi “Oʼquv-mashgʼulot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining majlislar zalida kasaba uyushma konferensiyasi boʼlib oʼtdi.

Konferensiya ishida boʼlimlar tomonidan saylangan delegatlar, jamiyat rahbari U.А.Аbdushukurov, taftish komissiyasi aʼzolari, taklif etilganlardan Oʼzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais oʼrinbosari А.M.Аbduvaliev va Respublika Kengashining tashkiliy va halqaro ishlar boʼyicha yetakchi mutaxassisi А.А.Yuldashevlar ishtirok etishdi.

Konferensiyada kun tartibidagi masalalarni xar biri batafsil koʼrib chiqilib, qizgʼin muhokamalarga kirishildi. Jamiyatning kasaba uyushma qoʼmitasi amaldagi raisi boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan rais vazifasiga nomzodlar taklif qilinib, delegatlar eʼtiboriga havola qilindi.

Nomzodlardan koʼp sonli ovoz bilan R.R.Shokirova “Oʼquv-mashgʼulot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati kasaba uyushma qoʼmitasi raisligiga saylandi.

Oʼzbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais oʼrinbosari А.M.Аbduvaliev soʼzga chiqib, yangi raisni maʼsuliyatli va savobli vazifaga kirishganligi bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Kun tartibidagi keyingi masalalar boʼyicha barcha delegatlar yakdillik bilan bir ovozdan qoʼllab-quvvatlashdi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan turli xil savollarga rais oʼrinbosari А.M.Аbduvaliev tomonidan batafsil javoblar berildi hamda berilgan takliflar inobatga olindi.

Konferensiya ishi nihoyasida Jamiyat direktori U.А.Аbdushukurov soʼzga chiqib, samarali xamkorlikni davom ettirish, kasaba uyushmalari ishiga yaqindan yordam berishga tayyorligini taʼkidladi.

 

Print Friendly, PDF & Email