“O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va kasaba uyushmasining 2024 yil uchun  asosiy tadbirlar qo‘shma rejasiga asosan, joriy yilning 17-19 may kunlari korxona  xodimlari o‘rtasida  sport musobaqalarining yakuniy-final boschiqi va psixologik mashq o‘yinlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “SHAFRAN” dam olish maskanida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Musobaqalarda maʼmuriyat, boshqarma va xududiy bo‘linmalarda o‘tkazilgan 1-bosqich musoboqalari g‘oliblari ishtirok etib, o‘zlarining  jamoaviy ruxini namoyish etdilar.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad-xodimlarning salomatligini mustaxkamlash, ularning jismoniy faolligini oshirish, shuningdek korporativ madaniyat va xamkasblar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlanitirishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar chidamlilik, kuch va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyish etib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar.

Keskin musobaqalar natijasida Buxoro  xududiy bo‘limi jamoasi aʼlo darajadagi sport maxorati va jamoaviy birdamlik ko‘rsatib birinchi o‘rinni egalladi va chempion unvonini qo‘lga kiritdilar. Urganch xududiy bo‘limi jamoasi xam yuqori saviyadagi tayyorgarlikni namoyish etib faxrli ikkinchi o‘rinni egalladilar. Qarshi xududiy bo‘limi jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.

G‘oliblar kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaxo sovrinlar bilan munosib taqdirlandilar va barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email