31.05.2024. Joriy yilning 25 va 26 may kunlari “Uzbekistan Airports” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar “I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ, “Uzbekistan Airports Handling” MCHJ hamda “Uzbekistan Airports Cargo” MCHJlarning yosh xodimlari o‘rtasida “Shafran Resort” dam olish oromgohida “Sport bilan birgamiz” shiori ostidagi spartakiada o‘tkazildi.

Mazkur spartakiadada yoshlar sportning 8 turi bo‘yicha bellashdi. Bunda “Uzbekistan Airports Handling” MCHJ yoshlari faxrli 1-o‘rinni, “Uzbekistan Airports Cargo” MCHJ yoshlari  2-o‘rinni va “I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MCHJ yoshlari 3-o‘rinni egalladilar.

Musobaqa g‘oliblari O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va “Uzbekistan Airports” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email