Ayni vaqtlarda “Uzbekistan Airports Handling” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2023 yilda Jamoa shartnomasi bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi va kasaba uyushma konferensiyalari yakunlandi. Konferensiyada ish beruvchi tomonidan jamiyat direktor o‘rinbosari, xizmatlar va bo‘limlar boshliqlari qatnashdi, MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi, mehnat jamoasi jamlanishdi. Shuningdek, Respublika Kengashidan rais o‘rinbosari – Abdunabi Maxmadaliyevich Abduvaliyev ishtirok etdi. Mehnat jamoasi konferensiyasida Ish beruvchi tomonidan, Maʼmuriy xizmat boshlig‘i – Muxamedbayeva Nigora Talgatovna va hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi – Madaliyeva Feruza Anarbayevna jamoa shartnomasini 2023 yildagi ijrosi bo‘yicha hisobot berdilar. Shuningdek, taftish komissiyasi raisi 2023 yil yakuni bo‘yicha hisoboti tinglandi. Konferensiyada qatnashgan barcha kasaba uyushma aʼzolari tomonidan ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasini jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.
“Uzbekistan Airports Handling” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mehnat jamoasi va kasaba uyushmaning hisobot konferensiyalari bo‘lib o‘tdi