Tasdiqlangan jadvalga asosan “O‘zaeronavigatsiya” markazida 2023 yilda Jamoa shartnomasi bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mehnat jamoasi va kasaba uyushma qo‘mitasining konferensiyalari onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyalarda ma’muriyat va xududiy bo‘linmalardan saylangan delegatlardan tashqari taklif etilganlar, yaʼni korxona direktorining o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xamda Aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari – Abdunabi Maxmadaliyevich Abduvaliyev ishtirok etdilar.Mehnat jamoasi konferensiyasida ish beruvchi tomonidan korxona direktorining birinchi o‘rinbosari – M.R.Suleymanov hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi – F.U.Xusanov jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berdilar. Undan tashqari, jamoa shartnomasi va “Mexnat muhofazasi bo‘yicha kelishuv”larni 2023 yilda bajarilishi nazorati bo‘yicha komissiya va kasaba uyushma qo‘mitasi taftish komissiyalarining dalolatnomalari hamda jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha berilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Konferensiyada qatnashgan barcha delegatlar tomonidan ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasini jamoa shartnomasini 2023 yil yakunlari bo‘yicha faoliyati “qoniqarli” deb baholandi va konferensiyalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.