08.07.2024. Kasaba uyushmalari xarakati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek Ustavlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish borasida qo‘yilayotgan vazifalar bugungi kunda kasaba uyushmalari kadrlari va faollariga o‘z bilimlari darajasini, ishni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalari hamda malakalarini muntazam ravishda oshirib borish sohasida kuchaytirilgan talablar qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 5-7 iyul kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “CRYSTAL RESORT” dam olish maskanida, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan markaz kasaba uyushmasining xududiy bo‘limlardagi raislari va faollari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar, sport musobaqalari xamda jamoani shakllantirish bo‘yicha psixologik treninglar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston aviaxodimlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi A.M.Abduvaliyev  o‘z maʼruzalari bilan xamda seminar ishini OAVda keng yoritish uchun  “Yoshlar” radiokanali boshlovchisi Umida Xasanovalar qatnashdi.

Print Friendly, PDF & Email