Joriy yilning 26 aprel kuni Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati katta majlislar zalida mehnat jamoasining yig`ilishi hamda kasaba uyushma qo`mitasining konferensiyasi bo`lib o`tdi. Yig`ilish va konferensiyada jamiyat
O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va ijtimoiy hamkorlar tomonidan soha xodimlarining huquq va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. “Uzbekistan airways”, “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatlari va “O‘zgidromet” markazi bilan tarmoq jamoa shartnomalari tuzildi. Tarmoqning aksariyat tashkilotlarida jamoa shartnomalari tuzilgan va amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatida mehnat jamoasi yig‘ilishi va kasaba uyushma konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyalarda “Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi Sh.Xudayqulov, uning o‘rinbosari Sh.Ikromov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i M. Isaev, Oʻzbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi U.Nazirov, Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari A.Abduvaliyevlar ishtirok etdi.Kasaba uyushmasi konferensiyasida tashkiliy masala – aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Ikki muqobil nomzod ilgari surildi: Transport va yer usti xo‘jaligidan foydalanish boshqarmasi transport bo‘limi boshlig‘i Alisher Abduqodirov va faxriy uchuvchi Alisher Kusayev. Nomzodlar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etdilar.Ovoz berish natijalariga ko‘ra, uchuvchi Alisher Kusaev ko‘pchilik ovoz bilan “Uzbekistan airways” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Mehnat jamoasi yig‘ilishi kun tartibida aksiyadorlik jamiyatining 2022 yildagi jamoa shartnomasining bajarilishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.Jamoa shartnomasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan “Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisi Sh.Xudayqulov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi G.Abubakirovalarning hisobot ma’ruzalari tinglandi.Ma’ruzachilarning ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlarini aks ettiruvchi mazmunli ma’ruzalari nafaqat jamoaning qoniqarli bahosini oldi, balki “Uzbekistan airways” AJdagi ijtimoiy sheriklik samarasini yana bir bor yuzaga chiqardi.
Munozarada xodimlar ish vaqti va dam olish vaqti bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, xodimlarga ta’tilga chiqqanlarida moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha imtiyoz va kafolatlarni tiklash, ishlamayotgan pensionerlarga qo‘shimcha to‘lovlar, hodimlar davolanishi, ovqatlanish muammolari va boshqa masalalarga to‘xtaldi.
AJ boshqaruvi raisi Sh.Xudayqulov konferensiya delegatlarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq va batafsil javob berdi. Shuningdek, u 2023-yil 1-apreldan boshlab “Uzbekistan airways” AJ, “Ketring” MChJ va “O‘quv-mashq markazi” MChJ xodimlarining ish haqi sezilarli darajada oshirilgani haqida xodimlarga ma’lum qildi. Shuningdek, u delegatlarga aviatsiya xodimlari uchun turar joy binosi qurilishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri M.Isaev konferensiya ishtirokchilariga Federatsiya tomonidan mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ishchilarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, yangi sanatoriy va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini foydalanishga topshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi. Federatsiyaning xalqaro faoliyatini batafsil yoritdi.Umuman olganda, konferensiyalar ishi konstruktiv ruhda o‘tib, jamoa shartnomasi shartlarini bajarish borasida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati qoniqarli, deb topildi.
Ta’kidlash joizki, aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi kasaba uyushmalariga a’zolikni rag‘batlantirish, safini kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda.
Natijada, o‘tgan oy davomida “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati, “Uzbekistan Airports Handling” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Uzbekistan Airports Cargo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 1 ming 800 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi tarmoq kasaba uyushmasi safiga qo‘shildi.
Ayni paytda “Silk Avia” va boshqa xususiy aviakompaniyalar xodimlarini O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi safiga jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining oʻrinbosari Abduvaliev A.M.